Tramp va Kim Chen In Xanoydagi sammitni tark etdi: hech qanday kelishuvga erishilmadi

0
633

AQSh va KXDR yetakchilari Donald Tramp hamda Kim Chen In Xanoydagi sammitni jadval bo‘yicha rejalashtirilgan qo‘shma tushlik va matbuot uchun bayonotsiz tark etishdi. Bu haqda Bloomberg xabar bermoqda.

Yetakchilarning kortejlari sammit o‘tkazilgan joy – Xanoydagi «Metropol» mehmonxonasidan chiqib ketgan.

28 fevral kuni bo‘lib o‘tgan sammitning ikkinchi, asosiy kuni Tramp va Kim Chen In qo‘shma hujjatni imzolashi kerak edi.

Biroq, jurnalistlarga sabablarini tushuntirmagan holda, uchrashuv 2 soatga qisqartirilgani haqida xabar berildi.

Amerika prezidenti Donald Tramp va KXDR rahbari Kim Chen In ikkinchi sammit yakunlari bo‘yicha kelishuvga erishmadi. Bu haqda RIA «Novosti» xabar qilmoqda.

Oq uy matbuot kotibi Sara Sanders so‘zlariga ko‘ra, tomonlar yadrosizlanishning turli variantlarini muhokama qilishgan, ammo hozircha ular kelishuvga erisha olmaganlar. Shu bilan birga, yetakchilar kelajakda uchrashish niyatida ekanini bildirishdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kim Chen In yadrosizlanishni amalga oshirishga tayyor ekanini tasdiqlagandi.

More News