Xonadon omborxonasidan 13 kilogramm giyohvandlik moddasi topildi

0
584

Toshkent viloyatida o‘tkazilgan tezkor tadbirlar natijasida 13 kilogrammdan ortiq giyohvandlik moddasi olindi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.

Qayd etilishicha, 2019 yil 26 fevral kuni Toshkent viloyatining Yangiyo‘l tumanida viloyat ichki ishlar xodimlari tomonidan tezkor tadbirlar o‘tkazilgan.

Natijada, Bunyodkor mahallasi Uzumzor ko‘chasida yashovchi R.T. uyi omborxonasida berkitib saqlayotgan 13 kg. 16 gr. “marixuana” giyohvandlik moddasi topilib, daliliy ashyo sifatida olindi.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.

More News